Qoraqalpogʻiston va Xorazm mudofaa ishlari boshqarmalarining ilgʻor tajribalari oʻrganilmoqda

0
1634

Joriy mavsumda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari saflarini har tomonlama yetuk muddatli harbiy xizmatchilar bilan butlash ishlarida respublika miqyosida yuqori natijalarni koʻrsatgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mudofaa ishlari boshqarmalarining xizmatlari Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan yuqori baholanib, ularning ilgʻor tajribalari namuna sifatida eʼtirof etildi.

Ushbu tajribalarni qolgan hududlarda ham ommalashtirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mudofaa ishlari boshqarmalarini namuna sifatida eʼtirof etish hamda amaliy tajriba almashish maqsadida Xorazm viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Bosh shtabi Tashkiliy-safarbarlik bosh boshqarmasi rahbarligida uch kunlik oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtmoqda.

Chaqiruv rahbariyati kengashi raislari, yaʼni harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonlarining birinchi oʻrinbosarlari, harbiy okruglar tashkiliy-safarbarlik boshqarmalari, mudofaa ishlari boshqarmalari hamda chaqiruv boʻlimlari boshliqlari ishtirokida oʻtkazilayotgan yigʻinning birinchi kunida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Farhodjon Shermatov va Mudofaa vazirligi Tashkiliy-safarbarlik bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik Samandar Bazarov o‘tgan chaqiruv mavsumida ayrim mansabdorlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda ahamiyatli natijalarga erishilgan yutuqlar alohida taʼkidlanib, mavsum hisoboti tinglandi.

Oʻquv-uslubiy yigʻin rejasiga muvofiq shu yilning 8-sentabr kuniga qadar davom etadi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati