Samarqandda qo‘mondonga biriktirilgan yoshlar muammosi ijobiy hal etildi

0
937

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev joriy yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazivalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘ziga biriktirilgan yoshlar xonadonida bo‘ldi.

Xususan, okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi “Mirzo Ulug‘bek” MFYda istiqomat qiluvchi 21 nafar yoshning har birini uyiga borib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, profilaktik hisobdan chiqarish, oliy harbiy bilim yurtlariga jalb etish va bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha muloqot o‘tkazdi.

O‘rganishlar davomida nogironligi va surunkali kassaligi bor yoshlar hamda ularning oila a’zolari uchun tibbiy ko’rik ham tashkil etildi, ularning ba’zilari Samarqand harbiy gospitalida davolanish uchun yo‘naltirildi.

Qo‘mondon murojaat qilgan yoshlardan Islombek Murodovga shaxsni tasdiqlovchi ID-kartasi, Navro’z Bo‘ronov uchun esa harbiy guvohnomasi topshirildi. Ochiq va samimiy o‘tkazilgan muloqotlar davomida yoshlarning oilaviy ahvoli va ehtiyojlari ham inobatga olinib, fuqarolardan birining xonadoniga konditsioner o‘rnatildi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi Ulug‘bek Bobonazorovning hamrohligida o‘tgan o‘rganishlar va murojaatlar davomida profilaktik hisobda turuvchi yoshlarni bandligini ta’minlash va ularni hisobdan chiqarish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati