Harbiy muomala madaniyatini tatbiq etishga bag‘ishlangan ochiq muloqot

0
1992

Sharqiy harbiy okrug ma’naviyat va ma’rifat markazi, Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism va dala o‘quv maydonida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti vakillari, okrug qoʻmondonligi mas’ullari, professor oʻqituvchilar, faxriylar hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida “Harbiy muomala madaniyati — qudratli jangchi majburiyati!” mavzusida ochiq muloqotlar oʻtkazildi.

Qurolli Kuchlar tizimida Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar institutini tashkil etilishi, uning vazifalari hamda buyuk sarkardalarning harbiy jang sanʼatini, qoʻshinlardagi jangovar ruh va vatanparvarlikni chuqur oʻrganish hamda tatbiq etishda, shuningdek, armiyamizda harbiy qadriyat va anʼanalarni takomillashtirishda olib borilayotgan ishlari haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shundan so‘ng, milliy armiyamizda muomala madaniyatini yuksaltirish maqsadida harbiy atamalarda “Mening”, “Safdoshim”, “Askar”, “Qoʻmondonim” va “Komandirim” kabi soʻzlarni tatbiq etish zaruriyati, mutaxassislar tomonidan taklif etilayotgan murojaat etish va salomlashish tartibi haqida so‘z yuritilib, mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Muloqotlar yakunida harbiy xizmatchilarning fiklarini bilish, ularning takliflarini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar ham o‘tkazilib, javoblar keyingi tahlillar uchun to‘plandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati