Jizzaxda harbiy xizmatchilarning ruhiy barqarorlik taʼminlandi

0
817

Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarda “Axloqiy-ruhiy tayyorgarlik kuni” doirasida harbiy psixologlar tomonidan harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatini oʻrganish va ular oʻrtasidagi jamoaviy jipslikni oshirishga qaratilgan mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida salbiy axborot-psixologik xurujdan himoyalanishning zamonaviy usullari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali zarar yetkazuvchi omillar va ularni bartaraf etish, axborotni toʻgʻri tahlil qilishni oʻrganish boʻyicha treninglar tashkil etildi.

Bundan tashqari, jamoaviy jipslikni taʼminlash, tez oʻzgaruvchan vaziyatda mustaqil va toʻgʻri qaror qabul qilishni oʻrgatish maqsadida timbilding oʻyinlari va ruhiy zoʻriqishlarni yechish xonalarida nazariy mashgʻulotlar o‘tkazildi.

Qolaversa, jismoniy va hissiy taʼsirlarga bardosh berish, oʻzining xulqi va axloqiy-ruhiy holatini talablarga mos ravishda boshqarish, xavf-xatarlarga qarshi tura olish koʻnikmalarini mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashgʻulotlar ham uyushtirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati