Samarqandda “Yangi O‘zbekistonning ibratli oila bekasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

0
854

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oila bekasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda harbiy qism bo‘linmalarida o‘z xizmat burchini o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlaridan iborat 8 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Tanlov 4 shart asosida bo‘lib o‘tdi. Jumladan, “Men namunali harbiy oila bekasiman” shartda ishtirokchilar o‘zini turli usullarda tanishtirgan bo‘lsa, “Ignadan ip o’tmasa…” shartida oila bekalarining qo‘l mehnatlari sinab ko‘rildi. “Pazanda beka” shartida ayollar berilgan mevalardan karving usulida bezaklar yaratishdi. Yakuniy “Erkin mavzu” deb nomlangan shartda oila bekalari bilan birga oila a’zolari ham qatnashib, turli sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi va  tomoshabinlar olqishiga erishdi.

Bahs va munozaraga boy tarzda o‘tgan tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan harbiy oila bekalariga harbiy qism qo‘mondonligi diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati