Harbiy qismga biriktirilgan maktablarda tematik sinflar ochildi

0
1194

Mudofaa vazirligiga qarashli Fargʻona shahrida joylashgan harbiy qismga biriktirilgan 44-umumta’lim maktabida sohibqiron Amir Temur va sulton Jaloliddin Manguberdi jasoratlarini oʻzida mujassam etgan tematik oʻquv sinflari foydalanishga topshirildi.

Yangi oʻquv yilining boshlanishi arafasida ajdodlarimiz qahramonligi, sarkardalik mahoratlari va jang san’atlari hamda boshqa koʻplab maʼlumotlarni oʻzida mujassam etgan sinfdan oʻquvchi yoshlar endi bemalol foydalanishi mumkin.

Davlat va jamoat tashkiloti vakillari hamda nuroniylar ishtirok yetgan tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida gapirdi. Maktab maʼmuriyatiga esa zamonaviy targʻibot vositalari ham topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida faxriy qorovul, harbiy orkestr jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari yig‘ilganlarga yanada koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Tadbir davomida harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan maktab ustozlariga esdalik sovgʻalari va tarixiy adabiyotlar, videomateriallar topshirildi.