Toshkent va Surxondaryo maktablarida “Mustaqillik darslari”

0
870

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfutdinov Yashnobod tumanidagi 339-sonli umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan “Kecha va bugun” mavzusida Mustaqillik darslarini o‘tkazdi. 

Dars davomida qo‘mondon maktabning yuqori sinf oʻquvchilariga istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarimiz tomonidan jahon arenalarida zabt etilayotgan marralar hamda milliy tariximizning yorqin lavhalari haqida ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, suhbat yakunida yoshlarga oʻz bilim va fidokorligi bilan Vatan ravnaqiga, yurt farovonligiga oʻz hissalarini qoʻshishlari tilandi.

Shuningdek, bugun, 4-sentabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov va polkovnik Poʻlatjon Sativaldiyev Boysun tumanida boʻlib, “Pulhokim” mahallasida rekonstruksiya qilingan 600 oʻrinli 28-sonli maktabning yangilangan binosini foydalanishga topshirish va “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirida ishtirok etdi.

Viloyat rahbari yangilangan maktabga 1-sinfga qabul qilingan 56 nafar oʻgʻil-qizga “Prezident sovgʻa”sini tantanali topshirdi. Bundan tashqari, maktab kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi ham hadya etildi.