Farg‘onada qo‘mondon ishtirokida “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi

0
1055

Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov oʻquvchilar bilan suhbatlashib, “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir bir kun – bu kelajak uchun poydevor!” mavzusida Mustaqillik darslarini oʻtkazdi.

Darslar davomida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun” bosh gʻoyasi ostida yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Yillar mobaynida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy sohalarda erishgan ulkan yutuqlari haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, bugungi kunda Milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan yutuqlar haqida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Bundan tashqari, Qoʻqon shahrida joylashgan 20-maktab oʻquvchilari bilan Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari ishtirokida “Kecha va bugun” mavzusida Mustaqillik darslari tashkil etildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati