Joylarda davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan tantanali tadbirlar o‘tkazildi

0
720

Bugun “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun. Sana munosabati bilan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollar ekanini qayd etdi. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlashligini ta’kidlandi.

 

Shuningdek, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti targ’ibot va tashviqot jamoasi mazkur sana munosabati bilan Qarshi shahrida bunyod etilgan Prezident maktabining o’quvchi yoshlari bilan uchrashdi.

Maktab o’quvchilarining millat bayrog’i to’g’risida aytilgan she’rlar va sahna ko’rinishlaridan so’ng harbiy xizmatchilarning vatanparvarlik kuy-qo’shiqlari hamda ko’rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilarining ko’zidagi hayrat va yuzida qotgan tabassum tadbirning mutlaqo kutilmagan taassurotga boy o’tganining isbotidir.

Ta’kidlash kerakki, bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida, harbiy okruglardagi harbiy qismlar va muassasalarda keng nishonlandi.