Minglab yoshlar ishonchiga kirib borayotgan tashkilot 30 yoshda

0
475

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi tasarrufidagi Yangiyo‘l shahar O‘quv sport texnika klubining avtomototransport haydovchilarini tayyorlash kursi yildan-yilga sermahsul faoliyat olib bormoqda.

Xususan, tashkilotning Yangiyo‘l shahar O‘quv sport texnika klubi tomonidan “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuchi 38 nafar yoshlar imtiyoz asosida o‘qitilib, ularga haydovchilik guvohnomalari topshirildi.

Ayni damda “Vatanparvar” tashkiloti va Mudofaa vazirligi o‘rtasida tuzilgan memorandumga muvofiq, harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan 120 nafardan ortiq yoshlar haydovchilikka o‘qitilmoqda. Mutaxassislar harbiylardan iborat keyingi guruhni ham o‘qitish arafasida turibdi.

Bundan tashqari, 20 nafar vaqtincha band bo‘lmagan fuqarolarni payvandlash mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitilib, sertifikatlar topshirildi.
Sportning texnik va amaliy turlaridan aviamodel bo‘yicha 18 nafar yosh professional sportchilar tayyorlangan. Ular respublika miqyosida o‘tkazilayotgan musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Bundan tashqari, tashkilot tasarrufida kasbga o‘qitilayotgan “Yoshlar daftari”da ro‘yxatida turuvchi yoshlar muntazam ravishda duatlon, biatlon, pnevmatik quroldan o‘q otish singari sportning texnik va amaliy turlariga jalb etib borilmoqda.
Sanoqli kunlardan so‘ng 30 yilligi nishonlanadigan ushbu tashkilot ko‘plab yoshlarning ishonchiga kirib borayotganini ta’kidlagan holda, soha mutaxassislarini kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Axborot xizmati