Samarqandda “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni oldidan matbuot anjumani oʻtkazildi

0
902

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan 3-sentabr kuni yurtimizning 16 ta hududida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”, “Bir mamlakatda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiorlari ostida “Yangi nafas” yugurish marafoni oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, 28-avgust kuni Samarqand shahridagi Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, hamkorlikdagi kuch tuzilmalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda hududlarda musobaqaning oʻtkazilish tartibi va joyi, tashkilotchilarning qamrovi va vazifalari, ishtirokchilar uchun beriladigan sport kiyimlari, gʻoliblarni taqdirlanishi hamda marafon davomida ishtirokchilarning xavsizligi borasida amalga oshirilayotgan haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek, ushbu musobaqada ishtirok etish istagini bildirganlar orasida nuroniylar, harbiylar va yoshlar bilan birga chet davlat vakillari borligi tilga olinib, ular uchun hududlarda yaratilgan sharoitlar bo’yicha ham to‘xtalib o‘tildi.

Berilgan ma’lumotlardan so‘ng mutasaddilar ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan yoʻllangan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati