Jahon chempioni tantanali kutib olindi

0
1318

23-27-avgust kunlari Germaniyaning Duysburg shahri baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha navbatdagi Jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Dunyoning eng kuchli eshkak eshuvchilari qatnashgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Quvonarlisi, Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Artur Guliyev tomonidan qoʻlga kiritilgan oltin medal davlatimiz mustaqilligining 32 yillik bayramiga katta sovgʻa boʻldi.

Maʼlumot uchun, bundan roppa-rosa 13 avval ushbu natijani kapitan Vadim Menkov qoʻlga kiritgan edi. Bugun, 28-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bayrog‘ini dunyo arenalarida baland ko‘targan sportchilar tantanali kutib olindi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi Sport markazi vakillari, Oʻzbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi mutasaddilari va Rowing&Canoe federasiyasi hamda harbiy orkestr jamoasi ishtirok etdi.

Katta leytenant Dilshod Ro‘ziqulov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti