Andijondagi harbiy qismda yoshlar o‘rtasida “Qo‘l jangi” musobaqasi o‘tkazildi

0
1089

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazish, ularda harbiylik kasbiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida Andijon garnizonidagi harbiy qismda “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Qoʻl jangi” sport turi bo‘yicha yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida harbiy qism komandiri sovrini uchun musobaqa oʻtkazildi.

100 dan ortiq yoshlarni jam qilgan ushbu musobaqada ishtirokchilar beshta vazn toifasida bellashdi. 

Qizg‘in kechgan bellashuvlarda har bir sportchining ishtiroki hakamlar hayʼati tomonidan munosib bohalanib borildi. O‘zaro kuch sinashish natijasida saralanib, musobaqaning final bosqichigacha yetib kelgan eng kuchli sportchilar keskin bahs munozaralarga boy shiddatli jang olib bordilar.

Musobaqa yakunida gʻoliblar harbiy qism komandirining diplom va medallari, shuningdek, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati