Harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
871

“Ochiq eshiklar kuni”… Bu haqiqatdan ham yoshlarni harbiy qism va muassasalarda Vatan posbonlari uchun yaratilgan sharoit hamda imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish, harbiy kasbga boʻlgan qiziqishlariyu intilishlarini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugga qarashli Kakaydi garnizonidagi harbiy qismlarning birida oʻtkazilgan tadbir ham bu yerga tashrif buyurgan yoshlar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan boʻldi.

Kutubxona, yurt oʻgʻlonlarining bilim-u koʻnikmalarini mustahkamlashda muhim hisoblangan oʻquv sinflari, oʻqotar va guruh qurollaridan nishonlarni yakson etishda merganlik kabi sifatlarni yuksaltiradigan trenajyor xonalari, yotoqxona, oshxona… Xullas, bularning barchasi shu yurtga xizmat qilishni oʻzining muqaddas burchi va vazifasi deb bilgan ertamiz egalari uchun sohaga oid zaruriy maʼlumotlar olish imkonini berdi.

Harbiy qism boʻylab tashkil etilgan ekskursiya davomida turli sport musoboqalari ham oʻtkazildi. Muddatli harbiy xizmatchilar bilan oʻzaro kurash olib borgan yoshlar turnikda tortinish va estafeta musoboqasi o‘z chaqqonliklarini namoyon etdi. Bir soʻz bilan aytganda, mana shu bir kun surxonlik yoshlar uchun jasorat va mardlik namunalari sanalgan el posbonlarini hayoti va faoliyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Katta leytenant Shohrux Saidov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti