Harbiy xizmatchilar uchun arzonlashtirilgan yarmarkalari tashkil etilmoqda

0
1499

Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi tashabbusi bilan Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun arzonlashtirilgan maktab va oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etilmoqdi.

Qayd etish kerakki, yarmarkada harbiy xizmatchilar uchun harbiy qism va muassasalarda mavjud boʻlgan yordamchi xoʻjaliklar hamda tadbirkorlar tomonidan sifatli, bozor narxidan arzonroq boʻlgan mahsulotlari tavsiya qilinyapti.

Mamlakatimizda, ayniqsa, keyingi yillarda harbiylar va ularning oila aʼzolarini har taraflama qoʻllab-quvvatlashga qaratilayotgan eʼtibor milliy armiyamizning obroʻsini yanada oshirishga, yurtimizda osuda, toʻkin turmushni taʼminlashga xizmat qilayotgani shubhasiz.

Harbiy garnizonlarda savdoga chiqarilayotgan arzonlashtirilgan mahsulotlar tinchligimiz qoʻriqchilari oila aʼzolarining bayramni yanada koʻtarinki kayfiyatda nishonlashida muhim oʻrin tutadi.

Shuningdek, bu kabi arzonlashtirilgan yarkmarkalar respublikamizdagi barcha harbiy okruglarga ham tashkil etilgan.

Sharqiy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug