“Mohir mergan” sport musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

0
670

Ayni kunlarda respublikamiz boʻylab davlatimiz mustaqilligining 32 yillik bayramini keng nishonlash boʻyicha bir qator sport tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Shu kabi tadbirlardan biri Mudofaa vazirligi Sport markazi oʻq otish sport bazasida tashkil etildi.

Mazkur musobaqada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari ishtirokida “Mohir mergan” sport musobaqasining lll boqichi oʻz yakuniga yetdi.

Ushbu sport yadbirini oʻtkazishdan asosiy maqsad — yoshlarni oʻq otish sport turiga qiziqtirish, ularda “Sport mening hayotim” pozitsiyasini shakllantirish va yoshlarga quvonch ulashishdir.

Tadbir davomida Sport markazi mutasaddilari yoshlarga harbiy sportchilar erishgan yutuqlar va Mudofaa vazirligi tizimida sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindor hamda alohida faollik koʻrsatgan ishtirokchilar markaz mutassadilari tomonidan medal hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti