Musobaqa ishtirokchilari bilan gulxan atrofida suhbat uyushtirildi

0
840

Yurtimiz boʻylab Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, hududlarda esa “Qoʻmondon va yoshlar” va “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi koʻtarinki ruhda oʻtkazilib kelinmoqda.

Shu kabi tadbirlar doirasida Toshkent harbiy orkug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Zokirjon Sayfuddinov Chirchiq poligonida oʻtkazilayotgan “Koʻpkurash” musobaqasining respublika bosqichida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan yoshlar bilan gulxan atrofida suhbat qurdi.

Samimiy va koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan uchrashuv asosan davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan eʼtibor, imtiyoz va imkoniyatlardan keng foydalanishi va ularning milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish istaklarini yanada oshirishga qaratildi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida yoshlarning harbiy va turli sohadagi qiziqishlariga oid savol hamda murojaatlari tinglandi, tegishli mutaxasislar tomonidan toʻliq tushunchalar berib oʻtildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati