Qashqadaryoda “Ko‘pkurash” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

0
1252

Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida “Koʻpkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi Qashqadaryo viloyati bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqa davomida yoshlar beshta shart boʻyicha oʻzaro bahs olib bordi — tezkor savol-javob, “AKM” avtomatini qismlarga ajratish va yigʻish, kamondan oʻq otish, harbiy biatlon, arqon tortish.

Ushbu harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi oʻz atrofiga sportsevar, vatanparvar, mard-jasur yoshlarni jamladi. Buni musobaqaning birgina Qashqadaryo viloyati misolida ming nafarga yaqin yoshlarni qamrab olganidan anglash mumkin.

Murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijalari quyidagicha taqsimlandi:

  • 1-oʻrin — Qarshi shahrining Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti akademik litseyining “Qalqon” jamoasi;
  • 2-oʻrin — Qamashi tumanining 1-son kasb hunar maktabining “Jasorat” jamoasi;
  • 3-oʻrin — Chiroqchi tumanining 2-son kasb hunar maktabining “Lochinlar” jamoasi.

Gʻolib jamoalar hamda faol ishtirokchilar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi hamda viloyat Yoshlar ishlari agentligi rahbari va hamkor tashkilotlar maʼsullari tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati