“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”

0
1022

Mamlakatimiz davlat mustaqilligining 32 yillik munosabati bilan respublikamiz boʻylab “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” gʻoyasi ostida maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Ana shunday tadbirlaridan biri Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan “Chilonzor oʻquv STK” unitar korxonasida boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriy sportchilar, bir guruh yoshlar, harbiy sanʼatkorlar hamda Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchilari, xalqaro toifadagi sport ustalari Amina Mamedova, Rahmon Jumayev va boshqa sportchilar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida sportchilar tomonidan yoshlar uchun koʻrgazmali mashgʻulotlar tashkil etilib, yoshlarning ham oʻz kuch va imkoniyatlarini sinab koʻrish uchun bellashuvlar oʻtkazildi.

Tadbir soʻngida faol ishtirokchilar va bellashuv gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti