Vatan himoyasi yoʻlida halok boʻlganlarning farzandlariga – imtiyozlar

0
680

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining qoʻshma qarori (roʻyxat raqami 2821-3, 22.08.2023-y.) bilan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, boquvchisini yoʻqotgan ayollarning farzandlari, shuningdek vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari kvotadan qatʼi nazar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinishi toʻgʻrisida qoʻshimcha kiritilmoqda.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 22.08.2023-yildan kuchga kirdi.