Yoshlar harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishdi

0
763

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligiga qarashli Navoiy viloyatining eng olis hududlaridan hisoblangan Uchquduq tumanidagi harbiy qismda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda harbiy qism qoʻmondonligi, hududda istiqomat qiluvchi bir guruh faol yoshlar va muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik Jamshid Musurmanov soʻzga chiqib, harbiylik hayoti va xizmat faoliyatida erishgan yutuqlari hamda oʻzlarining hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-shroitlar va imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan toʻlaqonli javob olishdi.

Tadbir yakunida yoshlarga harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy kutubxona, harbiy qism muzeyi va tematik oʻquv sinflari yaqindan tanishtirildi.

Harbiy qism saf maydonida sportning dzyudo turi boʻyicha Mudofaa vazirligi miqyosida oʻtkazilgan musobaqada faxrli oʻrinni egallagan harbiy qismning muddatli harbiy xizmatchilariga diplom va qimmatbaho sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti