Baxmalda “Qoʻmondon va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

0
1864

Mamlakatimiz boʻylab Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar hamda hududlarda “Qoʻmondon va yoshlar” va “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi koʻtarinki ruhda oʻtkazilib kelinmoqda.

Xususan, Markaziy harbiy orkug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayevning navbatdagi uchrashuvi Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi eng olis hududi va “Obod mahalla” dasturi asosida yangilayotgan “Yangi bogʻ” mahallasida boʻlib oʻtdi.

Baxmal tumani hokimi Muso Anorboyevning hamrohligida samimiy va koʻtarinki kayfiyatda oʻtkan uchrashuv asosan mahalladagi oʻrgarishlar qatorida yoshlarga berilayotgan eʼtibor, imtiyoz va imkoniyatlardan keng foydalanishi va milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish istaklarini yanada oshirishga qaratildi.

Uchrashuvda qoʻmondon tomonidan Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida berilgan maʼlumotlar, yoshlarning vatan himoyachisi boʻlish, Vatanga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilish kabi hislarni uygʻotgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida yoshlarning harbiy va turli sohadagi qiziqishlariga oid savol va murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi va tegishli mutaxasislar tomonidan toʻliq tushunchalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Samarqand hamda Kattaqoʻrgʻon garnizonlarida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilari tomonidan Qoʻshrabot va Pastdargʻom tumanlarida “Rahbar va yoshar uchrashuvi” tashkil etildi. 

Unda Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy qism komandirlari, shahar va tumanlardagi hokimlik vakillari hamda bir guruh faol yoshlar ishtirok etdi.

“Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da soʻz olganlar bugungi kunda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy armiyamizning oʻrni va roli haqida soʻz yuritdi. Tadbirda davomida oʻquvchi yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javobga ega boʻldi.

Tashkil etilganlar harbiy vatanparvarlik festivallari esa yurtdoshlarimizning maroqli hordiq chiqarishlariga xizmat qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati