Harbiy havo kuchlari tizimida eng ilg‘or ofitserlar saralandi

0
1610

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Yangilyo‘l shahridagi harbiy qismda Mudofaa vazirligi qoʻshinlari miqyosida tashkil etilgan “Eng ilgʻor tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” tanlovining qoʻmondonlik bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda harbiy xizmatchilarning nazariy, amaliy va harbiy-kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Tanlovda harbiy qism bosqichlaridan saralanib kelgan ofitserlar bor mahoratlarini ishga solib, g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Oldinda ularni Mudofaa vazirligi bosqichi ham kutib turibdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Eng ilg‘or brigada komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari” yo‘nalishida podpolkovnik Elyor Berdiyev, “Eng ilg‘or batalyon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari” yo‘nalishida kapitan Arslanbek Qayumov va “Eng ilg‘or vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari” katta leytenant Bekzod Hamidov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti