Xorazmda yoshlar oʻrtasida “Koʻpkurash” harbiy-sport musobaqasi oʻtkazildi

0
678

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugga qarashli Urganch garnizonidagi harbiy qismda “Koʻpkurash” harbiy-sport musobaqasining Xorazm viloyati bosqichi oʻtkazildi. Unda shahar va tuman bosqichlarida ishtirok etgan jami 12 ta jamoa oʻzaro kuch sinashib, sogʻlom raqobatbardosh muhitda gʻalaba uchun kurash olib bordi.

Yakuniy natijalarga koʻra 1-oʻrinni Qoʻshkoʻpir tumani Suv xoʻjaligi va meleoratsiya kollejining “Qalqon” jamoasi egalladi. 2-oʻringa Yangiariq tumani 1-son kasb-hunar maktabining “Xaloskorlar” jamoasi loyiq deb topildi. Faxrli 3-oʻrinni Shovot tumani 1-son kasb-hunar maktabining “Lochin” jamoasi qoʻlga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.