Fargʻonada qahramonlar xotirasi yod etildi

0
944

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov mustaqilligimizning 32 yillik bayrami munosabati bilan xizmat burchini bajarish vaqtida  halok boʻlgan harbiy xizmatchilar — Qahramon Madolimov va Boburjon Gʻaniyevning xonadonlarida boʻldi.

Marhum harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan suhbat davomida ularning bolalik chog‘lari, orzulari va o‘z kasbini naqadar yaxshi ko‘rishgani yodga olindi.

Qahramon Madolimovning ikki nafar farzandi harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun taqdim etiladigan imtiyozli kvota asosida oʻqishga qabul qilingani ham bayram arafasi xonadon a’zolariga yaxshi yangilik bo‘ldi.

Mazkur tashriflar davomida qahramonlarning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami oldidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

                                                        Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati