Fargʻonada “Eng ilgʻor tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” aniqlandi

0
1539

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari oʻrtasida sogʻlom raqobatni rivojlantirish, jangovar tayyorgarlik va komandirlik dasturlarini samarali oʻzlashtirishi, shaxsiy kasbiy mahoratini takomillashtirish maqsadida Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda “Eng ilgʻor tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” koʻrik-tanlovining okrug bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirokchilar nazariy, amaliy hamda harbiy-kasbiy tayyorgarlik boʻyicha sinovlardan oʻtdi.

Koʻrik tanlovining nazariy qismida “My Test” tizimi boʻyicha test sinovlaridan, harbiy-kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlashda ishtirokchilar bilet savollariga javob bergan boʻlsa, amaliy jarayonlarda taktik, texnik, otish va jismoniy tayyorgarliklardan sinovdan oʻtdi.

Har bir shart boʻyicha harbiy xizmatchilar egallagan bilim va koʻnikmalarini ishga solib, birinchilik sari harakat qildi.

Yakunda gʻoliblar okrug qoʻmondonligi tomonidan munosib taqdirlandi va Mudofaa vazirligi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati