Jizzax, Samarqand va Navoiyda “Koʻpkurash” musobaqalari oʻtkazildi

0
1924

Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi hamda vazirlik va idoralar oʻrtasida imzolangan qoʻshma qarorga asosan “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Koʻpkurash” harbiy-vatanparvarlik musobaqalarining viloyat bosqichlari boʻlib oʻtdi.

Viloyatlar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi viloyati kengashlari, garnizonlardagi harbiy qism va muassasalar, shuningdek, boshqa kuch tuzilmalari va bir qator davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur sport musobaqasida shahar va tumanlar bosqichida gʻolib boʻlgan jamoalar bellashdi.

Musobaqa shartlariga koʻra, jamoalar beshta, yaʼni “Tezkor savol-javob”, “AKM” avtomatini qismlarga ajratish va yigʻish, kamondan oʻq otish, harbiy biatlon, arqon tortish kabi shartlar boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.

Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan musobaqaning yakuniy natijalari quyidagicha koʻrinishga keldi:

Jizzax viloyati boʻyicha:

  • 1-oʻrin — Baxmal tumani jamoasi;
  • 2-oʻrin — Mirzachoʻl tumani jamoasi;
  • 3-oʻrin — Sharof Rashidov tumani jamoasiga nasib etdi.

Samarqand viloyati boʻyicha:

  • 1-oʻrin — Toyloq tumani jamoasi;
  • 2-oʻrin — Jomboy tumani jamoasi;
  • 3-oʻrin — Narpay tumani jamoasiga nasib etdi.

Navoiy viloyati boʻyicha:

  • 1-oʻrin — Karmana tumani jamoasi;
  • 2-oʻrin — Navoiy shahar jamoasi;
  • 3-oʻrin — Xatirchi tumani jamoasiga nasib etdi.

Oʻtkazilgan musobaqalar yakunida gʻolib va sovrindor jaomalarga viloyat hokimliklari, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi va hamkor tashkilotlar tomonidan kubog, diplom hamda pul mukofotlar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati