Soha mutaxassislari munosib taqdirlandi

0
2414

Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari mutaxassislari kuni Surxondaryoda ham munosib nishonlandi. Sana munosabati bilan viloyatning Sariosiyo tumanida joylashgan harbiy qismda soha xodimlari tantanali taqdirlandi.

Unda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi rahbariyati, mazkur harbiy qismda xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilari ishtirok etdi.

Okrug qoʻmondoni barchani bayram bilan samimiy tabriklab, harbiy orkestr sadolari ostida faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʻalarni o‘z egalariga topshirdi.

Xuddi shunday tadbir Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda ham oʻtkazildi. Tabrik uchun soʻz olgan Jarqoʻrgʻon tumani hokimi tadbir ishtirokchilarining sharafli va masʼuliyatli kasb bayramlari bilan tabrikladi.