Samarqandda harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

0
841

Samarqand viloyatining Payariq tumanida mustaqilligimizning 32 yilli munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida keng qamrovli festival oʻtkazildi.

Festival erta tongdan tumandagi “Oqqoʻrgʻon” mahallasining markazida harbiy orkestr sadolari ostida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni bilan boshlandi.

Unda viloyat va tuman hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislar tayyorlash markazi qoʻmondonligi ofitserlari, keng jamoatchilik vakillari hamda tumandagi aholi va yoshlar faol ishtirok etdi.

Festivalga kelganlar yurish marafonidan soʻng, markaz qoʻmondonligi tomonidan tashkil etilgan harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻrgazmasi bilan tanishib, oʻtkazilgan turli koʻrik-tanlovlar va sport musobaqalarida belashishdi.

Festival yakunida faol ishtirok etgan yoshlar hamda sport bellashuvlari gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi, shundan soʻng barcha ishtirokchilar uchun harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi chiqishlari hamda viloyatning taniqli sanʼatkorlari va harbiy orkestr jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi tashkil qilindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati