Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi xodimlarining malakasi oshirildi

0
908

Joriy yil avgust oyining birinchi yarmida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti hamda Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi bilan tasdiqlangan oʻquv dasturi asosida Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilari bilan institutning Bektemir tumani bazasida jami 104 soatlik mashgʻulotlar tashkil etildi.

Mashgʻulotlar davomida tinglovchilarning kasbiy tayyorgarligi, yoʻl harakati qoidalari va harakat xavfsizlini taʼminlash borasidagi bilim va koʻnikmalari yanada mustahkamlandi.

Oʻquv darslari mobaynida institutning malakali mutaxassislari hamda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatidan jalb etilgan xodimlar tomonidan tinglovchilarga yoʻllarda harakat xavfsizligi bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlaridagi soʻnggi oʻzgarish, qoʻshimchalar va yangiliklar yetkazildi. Harakat ishtirokchilari bilan oʻzaro muloqot jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish maqsadida malakali psixologlar tomonidan muomala madaniyati, xarakaterga mos muloqot hamda stress holatlarini yengish kabi mavzularda mashgʻulotlar oʻtildi. 

Mashgʻulotlar yakunida esa oʻzining harakatchanligi bilan bilim va koʻnikmalarni egallagan, soʻnggi sinovlarda aʼlo natijalarga erishgan tinglovchilarga sertifikat topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti