“Eng yaxshi harbiy qoʻshiq ijrochisi” aniqlandi

0
1881

Toshkent harbiy okrugidagi harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik, ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy ruh, milliy g‘urur tuyg‘ularini kuchaytirish, intellektual va ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy xizmatchilar o‘rtasida tashkil etilgan “Eng yaxshi harbiy qoʻshiq ijrochisi” tanlovining Mudofaa vazirligi miqyosidagi yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va turizm, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Fanlar akademiyasi Tarix instituti va O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan tanlovning yakuniy bosqichi o‘zgacha shukuhda o‘tdi.

Tanlovni shaffof va odilona oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Turon” harbiy davlat teatridan aktyorlar hay’at a’zolari etib tayinlandi.

Harbiy xizmatchilar o‘z iste’dod va ijro mahoratlarni namoyish etishdi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan harbiy xizmatchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ro‘ziqul Ochilov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti