Sirdaryoda sayyor qabul o‘tkazildi

0
1108

Sirdaryo viloyatida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan respublika harbiy prokurori Toshkent harbiy okrugi qoʻmondoni hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralarning mansabdor shaxslari ishtirokida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabul avvalida mas’ullar soʻzga chiqib, mamlkatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida harbiy xizmatchilarning oilaviy sharoitini yanada yaxshilash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berdi.

Sayyor qabul davomida tibbiy xizmat, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bandligini taʼminlash, nafaqadagi harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi, xizmat joyini koʻchirish, uy-joy masalalari hamda muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytgan va Qurolli Kuchlar safida xizmat qilish istagini bidirgan yoshlarni ishga joylashtirish boʻyicha murojaatlar koʻrib chiqildi.

Tadbir yakuniga kelib tushgan murojaatlarning aksariyati shu joyning oʻzida hal etilgan boʻlsa, maʼlum bir vaqt talab etiladigan murojaatlar tegishliligi boʻyicha mutasaddilarga yoʻnaltirildi va nazoratga olindi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati