«Xalqlar do‘stligi» maydonida bayram sadolari yangradi

0
606

Yurtimiz davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch-osoyishta va erkin hayot, ertangi kunga bo‘lgan yuksak ishonchni ifodalaydi. Bugun “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganiga o‘ttiz yil to‘ldi.

Mazkur sana munosabati bilan poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi maydonida “Muqaddasdir vatan bayrog‘i” shiori ostida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Respublika ma’naviyai va ma’rifat markazi rahbari Minxojiddin Mirzo kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, bayroq qadimdan mustaqillik, tinchlik timsoli sifatida qadrlanishi, u kuch-qudrat, jasorat va g‘alaba belgisi ekanligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, shoir va yozuvchilar ham birin-ketin so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni ushbu tarixiy sana bilan tabrikladi va yurt bayrog‘iga atab yozgan she’rlaridan o‘qidi.

Shundan so‘ng taniqli estrada xonandalari va harbiy orkestr tomonidan konsert dasturlari, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi va faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari taqdim etiladi.

Sana munosabati bilan tashkil qilingan bayram dasturi Toshkent ahli va mehmonlarga  birdek manzur bo‘ldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti