Jizzaxda taniqli kinoijodkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

0
1271

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda mustaqilligimizning 32 yilligi hamda “Yangi Oʻzbekistonning yangi kinolari oyligi” munosabati bilan kino va teatr ijodkorlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Dastlab poytaxtdan tashrif buyurgan mehmonlar Jizzax garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestr jamoasining Vatannni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari bilan tantanali kutib olindi.

Harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari bilan oʻtgan uchrashuvda taniqli aktyor va aktrisala harbiylarni bayram bilan qutlab, ularning xalqimizni shukronalik tuygʻusi bilan yashashga va inson qadrini ulugʻlash qoʻshayotgan hissalarini e’tirof etishdi.

Shundan soʻng, milliy kino sanʼatining “Oltin fondi”dan oʻrin olgan asarlarni ommaga yoyishga, ularning yaratilish tarixi va mazmun-mohiyatini yetkazish ahd qilgan ijodkorlar bu gal turli kinofilm va spektallardan parchalar namoyish etdilar.

Umuman olganda bu kabi uchrashuvlar har bir kishi ruhiyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, hayotdan mamnun, zavq olib yashashga undamoqda. Ushbu tadbir harbiylarimizga ekranlarda sevib tomosha qilgan kino qahramonlari, qoʻshiqchilari bilan yuzma-yuz koʻrishish imkoniyatini yaratgani bilan ham ahamiyatlidir.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati