Fargʻonada “General va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

0
1405

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularni Vatanga sadoqatli boʻlib ulgʻayishlarida “Qoʻmondon va yoshlar”, “General va yoshlar” kabi uchrashuvlar katta ahamiyat kasb etadi.

Ana shunday tadbirlardan bir Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi “Xudoyorxon oʻrdasi” maydonida boʻlib oʻtdi. Unda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov, harbiy xizmatchilar, viloyatning 100 dan ortiq yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy boʻldi. Samimiy ruhda oʻtgan suhbatda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berdi. Shuningdek, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar harbiy xizmatchilarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Tadbir soʻnggida bir guruh faol yoshlarga okrug qoʻshinlari qoʻmondonining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati