Andijonda “Koʻpkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi oʻtkazildi

0
882

Andijon viloyat hokimligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi, viloyatdagi harbiy qism va muassasalar, shuningdek, boshqa kuch tuzilmalari va bir qator davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostidagi “Koʻpkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Andijon viloyati bosqichi tashkil etildi.

Viloyatning barcha tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16 ta jamoa viloyat birinchiligi uchun kurash olib bordi. Musobaqa davomida ular tezkor savol-javob, “AKM” avtomatini qismlarga ajratish va yigʻish, kamondan oʻq otish, harbiy biatlon, arqon tortish shartlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.

 Murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijalari quyidagicha koʻrinish oldi:

  • 1-oʻrin —  Marhamat tumani jamoasi;
  • 2-oʻrin — Oltinkoʻl tumani jamoasi;
  • 3-oʻrin  Izboskan tumani jamoasiga nasib etdi.

Gʻoliblar Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi va mutasaddilar tomonidan medal, diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati