Navoiyda psixologlar ishtirokida targʻibot tadbiri oʻtkazildi

0
1027

Navoiy garnizonidagi harbiy qismda “Onlayn oʻyinlarga tobelik: tahdidlar, oqibatlar va yechimlar” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi. Unda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Mudofaa vazirligi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Xalqaro darajadagi trener psixologlari ishtirok etdi.

Tadbirda harbiy xizmatchilarga mutaxassislar tomonidan internetning koʻplab foydali jihatlari bilan birga, salbiy oqibatlarini ham namoyon bo‘layotgani, ayniqsa, yoshlarda axborot isteʼmoli madaniyatining sustligi, turli xabarlar oqimidan keraklisini ajratib olishda bilim, malaka va koʻnikmaning yetishmasligi turli misollar orqali tushuntirib berildi.

Shuningdek, baʼzi kimsalarning gʻarazli niyatlari va turli oqimlar taʼsiriga tushib qolishlariga internet qaramligi kasalligiga yoʻliqishlariga sabab boʻlishi mumkinligi, online oʻyinlarga tobelikning salbiy oqibatlari haqida misollar keltirildi.

Yakunda, ishtirokchilar bilan “Virtual va haqiqiy hayot farqlari” mavzusida psixologik irodani mustahkamlovchi psixotreninglar oʻtkazildi va mutaxassislarga okrug qoʻmondonligining tashakkurnomasi topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati