Aloqachi kursantlarning ilk taassurotlari

0
1466

Chirchiq dala oʻquv maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti qabul qilingan kursantlarning dastlabki oʻquv yigʻini boʻlib oʻtmoqda.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad kursantlarning fuqarolik hayotdan harbiy hayotga tez moslashishlari, ularni oliy harbiy taʼlim muassasasi sharoitlarida oʻquv jarayonga psixologik tayyorlashdan iborat. Shuningdek, ularning boshlangʻich harbiy tayyorgarlik boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirish, ulardagi harbiy taʼlim muassasasiga qabul qilinguncha boʻlgan harbiy tayyorgarlik koʻnikmalarini takomillashtirish maqsad qilingan.

Oʻquv yigʻin davomida kursantlar harbiy va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarliklarda ishtirok etishmoqda. Oʻquvning ilk kunlarida kursantlar jamoat joylarida oʻzini tutish qoidalari, harbiy xizmatchi va boʻlinmalarning jangovor shayligida harbiy xizmatchining oʻrni hamda saf tayyorgarligi boʻyicha dastlabki tushinchalarga ega boʻlishdi.

Ro‘ziqul Ochilov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti