Hamkorlik masalalariga alohida urg’u berildi

0
1125

Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti hamda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Tibbiy xizmatlar bosh boshqarmasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki qardosh xalqlar o’rtasidagi madaniy aloqalar, rijovlanib borayotgan harbiy hamkorliklar, xususan, harbiy tibbiyot sohasida erishilayotgan yutuqlar xususida o’zaro fikrlar almashildi.

Shundan so’ng, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bо‘yicha о‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev qardosh xalq vakillari bilan harbiy-tibbiyot sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, soha mutaxassislarini o’qitish tizimini takomillashtirish xususida fikrlar bildirib o’tdi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti