“Koʻpkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqalari o‘tkazildi

0
1116

Toshkent harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan Toshkent va Sirdaryo viloyati yoshlari bilan “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida “Koʻpkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqa davomida tumanlarda tashrif buyurgan jamoalar tezkor savol-javob, “AKM” avtomatini qismlarga ajratish va yigʻish, kamondan oʻq otish, harbiy biatlon, arqon tortish shartlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.

Murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida gʻolib jamoalarga diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi. Birinchi oʻrini qoʻlga kiritgan jamoa respublika bosqichiga yo‘llanmaga ega chiqdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati