Mustaqillik bayrami arafasida saxovat va koʻmak tadbirlari oʻtkazilmoqda

0
2727

Surxondaryo viloyatining olis Sariosiyo tumani “Dehqalandar” qishlogʻida istiqomat qilib kelayotgan Turdioy ona Hamzayeva 72 yoshda. Mana 12 yildirki birovning koʻmagisiz yura olmay qolgan. Olti oʻgʻil va besh nafar qiz farzandni oʻstirib, bugun salomatligi yomonlashib qolgan onaxon holidan xabar olish maqsadida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni boshchiligida bir guruh harbiy xizmatchilar sovgʻa-salomlar bilan xonadonga tashrif buyurdi.

Oilaning ijtimoiy ahvoli, ehtiyojlari oʻrganilib, Turdioy ayaga harakatlanishi uchun nogironlik aravachasi topshirildi.

Shuningdek, harbiy shifokorlar tomonidan dastlabki tibbiy koʻrik oʻtkazilib, birlamchi dori vositalari hadya qilindi. Okrug qoʻmondoni tomonidan masʼullarga ayaning toʻliq davolanishi uchun Termiz harbiy gospitaliga joylashtirish vazifasi qoʻyilganidan quvongan onaxon el-u yurt va harbiylar haqiga duolar qildi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan mustaqilligimiz shodiyonalari arafasida qilinayotgan bu kabi saxovatli ishlar koʻplab oilalar quvonchiga xizmat qilmoqda.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati