Yosh ofitserlar bilan ustoz-shogird an’anasi mustahkamlanmoqda

0
1694

Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo’riqlash qo’shinlari qo’mondonligi bo‘linmalarida xizmat qilishni boshlagan leytenantlar bilan o‘quv–uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda o‘tkazilgan mazkur o‘quv davomida qo‘mondonlikning yetuk mutaxassislari tomonidan kasbiy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlarni yuritish borasida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, jangovar, ma’naviy-ma’rifiy hamda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha nazariy va amaliy tarzda mashg‘ulotlar o‘tkazilib, belgilangan me’yorlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishi tekshirildi.

Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlar katta tajribaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar bilan xizmatni endi boshlagan yosh ofitserlar o‘rtasida ustoz-shogird an’anasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar departamenti