Batalyon komandirlari va ularning oʻrinbosarlari ishtirokida komandirlik yigʻini boshlandi

0
2393

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugning “Termiz” dala-oʻquv maydonida okrug batalyon komandirlari va ularning oʻrinbosarlari ishtirokida komandirlik yigʻini boshlandi.

Yig‘in avvalida ishtirokchilar saf maydonida jamlandi va okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari tomonidan boshlanayotgan yig‘in maqsadi yetkazildi. Shundan soʻng, batalyon komandirlari va ularning oʻrinbosarlari tadbirga qay darajada tayyorgarlik koʻrganliklari saf koʻrigi jarayonlarida birin-ketin tekshirildi.

Shuningdek, oʻquv-uslubiy yigʻinda boʻysunuvchi boʻlinmalarni oʻqitish va tarbiyalashda zamonaviy tajribalarni targʻib etish ham nazarda tutilgan. Bunda okrug boshqaruv apparatining malakali ofitserlari tomonidan nazariy va amaliy mashgʻulot jarayonlari jadval asosida o‘tkaziladi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati