Vodiyda keng qamrovli vatanparvarlik uchrashuvlari oʻtkazildi

0
1025

Fargʻona, Andijon va Namangan garnizonidagi harbiy qismlarda “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida vatanparvarlik tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Unda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari okrug qoʻmondonligi,  Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzo va viloyatlar boʻlimlari rahbarlari, harbiy xizmatchilar, taniqli kinoijodkorlar, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarga yaratilgan imkoniyatlar haqida soʻz yuritildi. Xalq va armiya birdamligini ifodalovchi vatanparvarlik tadbirlari, festivallar kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarda unutilmas taassurotlar qoldirayotgani tadbir qatnashchilari tomonidan alohida eʼtirof etildi. Mashhur kinoijodkorlar tomonidan soʻngi yillarda vatanparvarlik tuygʻusini ifodalaydigan, yurtimiz tarixini aks ettirib, buyuk ajdodlarimizning qahramonliklari toʻgʻrisida soʻzlaydigan badiiy va hujjatli filmlar suratga olinayotgani ham aytib o‘tildi.

Ishtirokchilar mazkur tadbirda oʻzlarini qiziqtirgan savollarini yoʻllab, atroflicha javoblar oldilar. Yakunda tadbirning eng faol ishtirokchilari mutasaddilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati