Olis hududlarda ham bayram shukuhi

0
950

Sariosiyo tumani “Gulobod” mahalla fuqorolar yigʻinining sport maydonida davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan madaniy tadbir boʻlib oʻtdi.

Harbiy xizmatchilar tashabbusi bilan tuman madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari hamkorligida tashkil etilgan tadbir Mudofaa vazirligi mobil madaniyat markazi texnikasi yordamida haqiqiy bayramona shukuh oldi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan qoʻl jangi hamda qurol bilan koʻrgazmali chiqishlar mahalla yoshlari dilidagi harbiylik kasbiga havasni yana bir qadar oshirgani aniq. Harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar ulashayotgan koʻtarinki kayfiyatni kuzatib, “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili amalda ekaniga guvoh boʻlish mumkin.

Yigʻilganlarga yuqori kayfiyat ulashish, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash singari ezgu maqsadlarda tashkil etilgan tadbir tuman ahli yodida uzoq muddatga muhrlanadigan boʻldi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati