Mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

0
789

Samarqand garnizonidagi harbiy qism va muassasalardagi harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari uchun Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda har bir inson qalbida oʻz yurtiga sadoqat, fidoyi boʻlish tuygʻusi vatanparvarlikning oliy nishonasi ekani to‘g‘risida ma’ruza qilindi. Mazkur tadbir aynan internet orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan g‘oyaviy xurujlarga nisbatan harbiy xizmatchilarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, internet tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini oshirish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbir davomida globalizatsiya jarayoni jadallashgan bugungi davrda ogoh bo‘lish, internet bois son-sanoqsiz axborot kanallari orqali kelayotgan informatsiyani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zlashtirib ketavermasdan, uning haqqoniyligini ajrata bilish uchun yetarli bilimga ega bo‘lish o‘ta muhimligi haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuv yakunida toʻgʻri yoʻldan adashganlar qismatini hikoya qiluvchi va “Mehr” operatsiyasi haqidagi hujjatli film namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati