Ikki tanlov g‘olibi aniqlandi

0
2790

Harbiy xizmatchilarda yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish, harbiy qismlar va bo‘linmalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Mudofaa vazirligiga qarashli Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida joylashgan harbiy qismda “Eng ilg‘or tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” va “Eng ilg‘or harbiy psixolog” tanlovlarining qo‘mondonlik bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda ishtirokchilar nazariy, amaliy hamda harbiy kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazildi. Tanlovning amaliy qismida taktik, otish va jismoniy tayyorgalik bo‘yicha amaliy me’yorlarni bajarilgan bo‘lsa, nazariy qismida oldin tayyorlangan bilet tizimidagi nazorat savollarga belgilangan muddat ichida javob qaytarildi.

O‘tkazilgan ko‘rik tanlov yakuniga ko‘ra, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:

  • “Eng ilg‘or vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari” — katta leytenent Bahrom Joniyev (Navoiy viloyati Zarafshon shahar);
  • “Eng ilg‘or batalyon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari” — kapitan Ro‘zimurod Murodov (Navoiy viloyati Karmana tumani);
  • “Eng ilg‘or brigada komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari” — podpolkovnik Bahodir Azimboyev (Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar).

Shu bilan birga, Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi doirasida yuksak intellektual qobiliyat va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan eng malakali harbiy psixologlarni aniqlash hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Eng ilg‘or harbiy psixolog” tanlovining qo‘mondonlik bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko‘ra, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:

  • 1-o‘rin — kapitan Behruz Ashurov (Toshkent shahar);
  • 2-o‘rin — kapitan Kamol Murodov (Qashqadaryo viloyati);
  • 3-o‘rin — kapitan Ixtiyor Abdullaev (Farg‘ona viloyati).

Bu kabi o’quv-uslubiy yig’inlarning o’tkazilishi soha mutaxassislarining o’z bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlashi hamda o’zaro tajribalar almashishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.  

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti