Harbiy xizmatchilarning murojaat qilish va salomlashish tartibi boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar

0
12569

Oʻzbek xalqining muomala madaniyati, bir-biriga boʻlgan hurmati, kattalarni eʼzozlash va qadrlash kabi xislatlari doimo eʼtirof etib kelingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Sh. Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” tamoyili hayotga tatbiq etilmoqda.

Shu bilan birga bobolarimiz Amir Temur va Jaloliddin Manguberdining jasorati va vatanparvarligini yoshlar ongiga singdirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, tariximiz va oʻzligimizni anglash maqsadida Qurolli Kuchlar tizimida Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar institutini tashkil etilishi, buyuk sarkardalarning harbiy jang sanʼatini, qoʻshinlardagi jangovar ruh va vatanparvarlikni chuqur oʻrganishda hamda tatbiq etishda, shuningdek, armiyamizda harbiy qadriyat va anʼanalarni takomillashtirishda muhim oʻrin tutmoqda.

Yuksak mahorat hamda sharaf ramzi boʻlgan Amir Temur jangovar bayrogʻini taʼsis etilishi qoʻshinlarda milliy va jangovar ruhni oshirishda, harbiy xizmatchilarda ajdodlar jasorati va matonati bilan gʻururlanish hamda ularga munosib avlod boʻlish tuygʻusini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Yangi Oʻzbekiston armiyasida – boy tarixiy qadriyatlarimizga tayangan holda harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlarida yuksak intizom qoidalarini mustahkamlash, bir-birlariga boʻlgan hurmat va eʼtibor, oʻz kasbini sevish, vatanparvarlik tuygʻularini tarbiyalashda aynan milliy harbiy muomala madaniyati xizmat qiladi.

Armiyamizda muomala madaniyatini yuksaltirish maqsadida harbiy atamalarda “Mening”, “Safdoshim”, “Askar”, “Qoʻmondonim” va “Komandirim” kabi soʻzlarni tatbiq etish zaruriyati tugʻilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan murojaat etish va salomlashish tartibi quyidagicha taklif etiladi:

  1. Bo‘ysunuvchilarni yuqori rahbariyatga nisbatan:

“Muhtaram Prezidentim!, shaxsiy tarkib siz tomoningizdan belgilab berilgan jangovar topshiriqni bajarishga tayyor”.

“Mening Oliy Bosh Qo‘mondonim, axborot berishga ruxsat bering!”.
(Izoh: “Mening” iborasi o‘tkazilgan tadqiqotlar hamda shaxsiy tarkib tomonidan bildirilgan fikr va takliflarni inobarga olgan holda, faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoniga nisbatan qo‘llanilib, boshqa holarda qo‘llanishda muomaladan chiqarilmoqda).

  1. Boʻysunuvchilar oʻz qoʻmondon (komandir)lariga nisbatan:

“Hurmatli vazir, shaxsiy tarkib Vatanga qasamyodga keltirish uchun saflandi.”
“Vazirim, buyrug‘ingizga binoan, shaxsiy tarkib belgilangan jangovar vazifani bajarish hududiga yetib bordi”.

(Izoh: rasmiy marosimlar, tantanali yig‘ilishlar hamda mudofaa vazirining qo‘shinlarga tashriflari davomida ilk marotaba kutib olish hamda bildiruv berish vaqtida “Hurmatli vazir”, — deb, qolgan vaqtlarda “Vazirim,” — deb murojaat etiladi.)

“Hurmatli Bosh shtab boshlig‘i, shaxsiy tarkib o‘quvga tayyor”.
      “Hurmatli vazir o‘rinboari, obyekt tantanali ochilishga tayyor”.

  1. Bo‘ysunuvchilar o‘z qo‘mondonlariga nisbatan:

“Hurmatli qoʻmondonim! Shaxsiy tarkib bayram munosabati bilan saflandi”.

“Qoʻmondonim! Qo‘shinlarda hech qanday ko‘ngilsiz hodisa ro‘y bermadi”.

  1. Bo‘ysunuvchilar o‘z komandirlariga nisbatan:

“Komandirim! Shaxsiy tarkib bayram munosabati bilan saflandi”.
      “Komandirim! Barcha bo‘linmalar vazifa bajarishga tayyor”.

  1. Lavozimi komandirlik bilan bog‘liq bo‘lmagan “boshliq” lavozimidagi harbiy xizmatchilarga nisbatan murojaat etish:

“Sardorim! Shaxsiy tarkib mashg‘ulotga tayyor”.
      “Sardorim! Buyrug‘ingizga binoan kapitan Oxunov xizmat safariga yuborildi”.
(Izoh: “Sardorim” iborasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati va harbiy okruglar (birlashmalar) boshqaruv apparati tarkibiy bo‘linmalari, oliy harbiy ta’lim muassasalari, Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi hamda Temurbeklar maktablarida “boshliq” lavozimidagi harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi”).

  1. Bo‘ysunuvchilar o‘z boshliqlariga nisbatan:

“Polkovnigim! Murojaat etishga ruxsat bering”.

“Mayorim! Buyrug‘ingizga binoan leytenant Axmedov yetib keldi”.

  1. Komandirlar o‘z bo‘ysunuvchilariga nisbatan:

Bo‘ysunuvchi ofitser va serjantlarga harbiy unvoni va familiyasi bilan murojaat etiladi.

Masalan:

“polkovnik Abdullayev, vaziyat to‘g‘risida axborot bering!”.

“mayor Saparov, shaxsiy tarkibni tekshirib, ma’lumot bering!”.

“serjant Ahmedov, guruhni mashg‘ulot joyiga olib boring!”.

Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilariga harbiy unvoni va familiyasi yoki faqat harbiy unvoni bo‘yicha murojaat etiladi:

Masalan:

“Kursant Obidov, o‘q-dorilarni qabul qiling!”.

“Kursant, qurolni o‘qlang!”.

“Oddiy askar Rashidov, jangga!”.

“Oddiy askar, oldimga!”.

  1. Oʻzaro tobe boʻlmagan harbiy xizmatchilar bir-biriga nisbatan harbiy unvoni va familiyasi bilan yoki harbiy unvoni bo‘yicha murojaat etadi.

Masalan:

“Podpolkovnik Nosirov. Sizni polkovnik Qo‘chqorov xizmat yigʻilishiga chaqirayapti”.

“Mayorim. Hujjat taqdim etishga ruxsat bering”.

“Serjant Hamidov oʻtishga ruxsat eting”.

“Serjantim. Oʻtishga ruxsat eting”. 

  1. Teng unvoni yoki lavozimida boʻlgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi hamda muddatli harbiy xizmatchilar bir-biriga nisbatan “Safdoshim”deb murojaat etishni (yoki ism-sharifiga koʻra):

Masalan: 
      “Safdoshim, sizni komandirim chaqiryapti”.

  1. Salomlashish tartibi:

boshliq: “Salom askarlar!” deganda (umumiy safda turgan barcha ofitser, serjant, kursant va askarlarga nisbatan),

boʻysunuvchilar: “Assalom!” deb baralla ovozda javob beradi.

Yakka tartibda salomlashishda (jamoat joylarida va alohida yuzma-yuz uchrashganda) salom beruvchi yuqori ohangda “Salomatlik tilayman!” (misol uchun: komandirim yoki mayorim “Salomatlik tilayman”) deb aytadi, alik oluvchi esa oʻrta ohangda “Salom” deb javob qaytaradi.

  1. Xayrlashish tartibi:

boshliq: “Salomat boʻling!” deganda,

bo‘ysunuvchilar: “Yuksak xizmatim!” deb javob beradi.

  1. Tabriklash tartibi:

Harbiy xizmatchilar tantanali tadbirlarda taqdirlanganda “Oʻzbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman!” deb javob beradi.

Komandir va boshliqlar kundalik faoliyatida boʻysunuvchisiga nisbatan alohida eʼtibor qaratganda, uning mehnatini qadrlaganda, minatdorchilik bildirganda harbiy xizmatchi yakka taribda yoki jamoa boʻlib “Yuksak xizmatim!” deb javob beradi.

  1. Xizmat yigʻilishlarida harbiy xizmatchilarga yuqori ohangda “Rostlan!” yoki “Hurmatli generallar va ofitserlar!”, “Hurmatli ofitserlar!” kabi komandalar beriladi. Yuqori rahbar tomonidan “Erkin!” yoki “Hurmatli ofitserlar!” komandasi beriladi.

SOʻZLAR MAʼNOSI

Askar – harbiy xizmatni oʻtayotgan shaxs, Davlat Qurolli Kuchlari majmui yoki ularning bir qismi hisoblanadi.

Safdosh – harbiy xizmatda birga, bir safda boʻlgan kishilar, tengdosh yoki tengqur shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.

Yuksak xizmatim – harbiy xizmatchi oʻz xizmati bilan javob berish maʼnosini anglatadi.

Mening – harbiy xizmatchilar ongida egalik, sodiqlik, qaygʻurish va boʻysunuvchanlik hissiyotini anglashni ifodalaydi.Izoh: Ushbu soʻzlar oʻzbek tilshunosligiga tegishli boʻlib, bir-biriga yaqin, turdosh atamalar sirasiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi A. Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”dan olingan (E. Begmatov, A. Mamadvaliyev, M. Maxkamov,T. Mirzayev).

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting