Fidoyi o‘g‘lonlarning yaqinlari holidan xabar olindi

0
1156

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi boshchiligida harbiy xizmatchilar mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi” shiori ostida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirasini yod etish maqsadida ularning yaqinlari holidan xabar olmoqda.

Jumladan, samarqandlik leytenant Sayyor Sa’dinov, leytenant Ma’rufjon Rahmonov, katta serjant Ma’rufjon Rajabov, serjant Ulug‘bek Barnoyev va boshqa marhum harbiy xizmatchilarning xonadonida bo‘lishdi.

Mehmonlar marhum harbiy xizmatchilarning ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari holidan xabar olib, okrug qo‘mondonligi hamda o‘zlarining sovg‘alarini topshirdi va safdoshlarining xizmati davomida erishgan yutuqlarini xotirladilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati