Farg‘onada harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

0
1101

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Fargʻona harbiy prokuraturasi va viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Fargʻona garnizoni Quva tumanida joylashgan harbiy qismda boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mehnat yarmarkada tuman hududida joylashgan 20 ga yaqin davlat hamda nodavlat tashkilotlari oʻzlarining 200 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkaga jami 200 dan ortiq harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari qatnashdi.

Tadbir davomida Fargʻona harbiy prokuraturasi vakillari tomonidan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ish tanlash va ishga joylashtirish borasida amaliy yordam koʻrsatilib, mehnat qonunchiligi, shu jumladan, mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Yarmarka yakunlariga koʻra, 50 nafardan ortiq harbiy xizmatchining mehnat bilan band boʻlmagan oila aʼzolariga tegishli yoʻllanmalar berilishi taʼminlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting